Davlat organlari va mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatiladi

2025 yil 30 yanvarda “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.  

Ma’muriy sudlar davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta’minlaydi.  

Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo‘llash mexanizmlari kengaytiriladi.  

Davlat organlari va mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan samarali sud nazorati o‘rnatiladi. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari takomillashtiriladi. 

Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo‘lgan ishonchi oshiriladi. 

Davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlari to‘liq joriy etiladi.  

Ma’muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma’muriy sudlar faoliyati takomillashtirib boriladi.  

N.Abduraimova,

O‘zA

Powered by GSpeech