Emi Frenkel, CMS ijrochi kotibi: “O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, bu maslaga birgalikda yechim topish zarur”.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishida (CMS COP14) qatnashayotgan xalqaro ekspertlar O‘zbekistonning ushbu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ko‘chib yuruvchi hayvonlar chegara bilmaydi. Shu bois, bu birgina davlatga taalluqli masala emas. Prezidentingiz ta’kidlaganidek, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va birga yechim topish zarur. Ushbu konferensiyadan kutayotganimiz – yo‘nalishda samarali natijalarga erishish va bioxilmaxillikni asrash borasida yuqori malakali kadrlarni kashf etish. Bunda ta’limning o‘rni alohida.
dedi Frenkel xonim o‘z intervyusida.
Konferensiya doirasidagi tadbirlar 17 fevralga qadar davom etadi.
YaNGI O‘ZBEKISTON |Rasmiy kanal
- Qo'shildi: 16.02.2024
- Ko'rishlar: 2027
- Chop etish