BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish so‘nggi 24 soat ichida BMT Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining G‘azo sektoridagi ikki maktabiga uyushtirilgan hujumdan qattiq tashvishga tushganini aytdi.
Minglab falastinliklar uchun BMT muassasalari boshpana ekanini eslatgan Guterrish, “Ob’ektlarimiz daxlsizligini yana bir bor tasdiqlayman” dedi.
Bosh kotib BMT muassasalarida boshpana topgan o‘nlab insonlar, jumladan, bolalar va ayollar halok bo‘lgani va yaralanganini ta’kidladi.
– Urushda har kuni chidab bo‘lmaydigan darajada ko‘p begunoh aholi, jumladan ayollar va bolalar qurbon bo‘lmoqda, – dedi u. – Buni to‘xtatish kerak.
Bosh kotib Falastin anklavida gumanitar yarashuvga chaqirig‘ini takrorladi. Shuningdek, Qatar hukumatiga vositachilik tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zA
- Qo'shildi: 20.11.2023
- Ko'rishlar: 351
- Chop etish