Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) va “Sputnik News” hamkorligida a’zo davlatlar ommaviy axborot vositalari xodimlari va mutaxassislari ishtirokida “Yangilik tayyorlashda sun’iy intellektning ijobiy va salbiy tomoni” mavzusida virtual seminar o‘tkazildi.
Anjumanda sun’iy intellekt ommaviy axborot vositalari xodimlarining ko‘p vaqti va kuchini tejashi, to‘g‘ri qo‘llansa, ijod qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.
SI yordamida yaratiladigan yangiliklar shakli, bu jarayonda foydalaniladigan ilovalar, shuningdek mavjud xavf-xatar, jumladan sun’iy intellekt va neyron tarmog‘ining ayrim ilovalaridagi tarafkashlik, mualliflik huquqi buzilishi holatlariga to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlash joiz, seminar qator o‘quv va ta’lim dasturlari doirasida, a’zo davlatlar jurnalistlarining imkoniyati, tezkor o‘zgarishlardan xabardorligini oshirishga qaratilgan.
M.Pirmatova, O‘zA
- Qo'shildi: 13.11.2024
- Ko'rishlar: 398
- Chop etish