Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Muftiylar hay’atining V yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bergan.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Naurizbay Tag‘anuli, Turkiya Din ishlari boshqarmasi raisi Ali Erbosh, Kavkaz musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Ollohshukur Poshozoda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi Abdulaziz Zokirov, shuningdek, TDT Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov va boshqa diniy ulamolar, imomlar ishtirok etgan.
Yig‘ilish yakunida “Islom mahalliy aholi an’analarini qo‘llab-quvvatlaydi” va “Fatvo berish bo‘yicha fiqh maktabi qoidalari” nomli hujjatlar qabul qilindi.
M.Pirmatova, O‘zA
- Qo'shildi: 04.10.2024
- Ko'rishlar: 705
- Chop etish