O‘zbekiston Axborot kodeksi loyihasi bo‘yicha YuNeSKO bilan maslahatlashuv o‘tkazadi

YuNeSKO O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga yordam ko‘rsatishni kengaytirishga tayyor.

O‘zbekistonning YuNeSKO huzuridagi doimiy vakili Kamol Muxtorov tashkilot bosh direktorining kommunikatsiya va axborot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Taufik Jyelassi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

O‘zaro hamkorlikni oshirish uchun «yangi o‘sish nuqtalari» bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator aniq yo‘nalishlar muhokama qilindi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, ularni ushbu sohadagi asosiy xalqaro standartlar va hujjatlarga muvofiqlashtirish, O‘zbekistonda rejalashtirilgan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etish jarayonini yoritish bo‘yicha jurnalistlar hamda tegishli davlat va nodavlat idoralari salohiyatini kuchaytirish, Adliya organlarining jamoatchilik bilan aloqalarni saqlash va rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari (jurnalistlar)ning malakasini oshirish loyihalari shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Axborot kodeksi loyihasini muhokama qilish uchun YuNeSKO bilan ekspert maslahatlashuvlarini o‘tkazish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. «Axborotdan erkin foydalanish xalqaro kuni munosabati bilan Toshkent deklaratsiyasi» rezolyutsiyasini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan qator tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kun.uz

Powered by GSpeech