Pokiston sudi seshanba kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmunini oshkor qilgan.
Sobiq bosh vazirning partiyasi ishni uydirma deb hisoblaydi va hukmga e’tiroz bildirmoqda, deya xabar bermoqda “Reyters”.
2022 yilda bosh vazirlik lavozimidan chetlatilgan Imron Xon, avvalroq korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Yangi hukm Pokistondagi umumiy saylovlarga bir hafta qolganida e’lon qilindi. Bu esa sobiq bosh vazirning saylovda qatnashishi taqiqlanishini bildiradi.
Imron Xon o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Behruz Xudoyberdiyev, Asliddin Alijonov, O‘zA
- Qo'shildi: 01.02.2024
- Ko'rishlar: 2271
- Chop etish