Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hisob-kitobicha, Isroilning G‘azo sektoridagi amaliyoti boshlangandan beri 17 ming bola ota-onasiz qolgan yoki oilasidan ajralgan. Hududdagi, deyarli, barcha bolalar ruhiy salomatlik yordamiga muhtoj.
– Har bir bolaning hijron va qayg‘uga to‘la, yurakni ezuvchi hikoyasi bor, –dedi UNICEFning Falastin bo‘yicha vakili Jonatan Kriks Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot brifingi chog‘ida. – Bu ko‘rsatkich jami ko‘chirilgan aholining 1 foiziga to‘g‘ri keladi. Bolalarning shaxsini aniqlash juda qiyin, chunki yaralangan yoki jarohatlangan holda kasalxonaga keltirilganlar, hatto, ismini ham ayta olmaydi. Mojaro payti ota-onasidan ayrilgan bolani biror oila boqib olishi odatiy hol. Zero, G‘azoda oziq-ovqat, suv yoki boshpana yetishmovligi tufayli ko‘plab oilalarning o‘zlari mushkul ahvolda. Bolalarning bu mojaroga aloqasi yo‘q. Shunga qaramay, ular ayanchli azob chekmoqda.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, G‘azodagi bolalarning ruhiy holatiga jiddiy ziyon ko‘rmoqda.
O‘zA
- Qo'shildi: 05.02.2024
- Ko'rishlar: 2090
- Chop etish