Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi – UNICEF ijrochi direktori ijrochi Ketrin Rassel aytishicha, so‘nggi 48 soat ichida Isroil armiyasi Jabaliya shahrida yuzlab odamlar boshpana topgan ikki binoni vayron qilgan. Umuman, qamaldagi G‘azo sektori shimoliy hududlariga so‘nggi paytda uyushtirilgan hujumlar tufayli 50 dan ortiq bola nobud bo‘lgan. Shuningdek, Isroil vertolyoti UNICEF xodimi shaxsiy avtomobiliga hujum qilgani haqida xabar tarqaldi. Buning natijasida mashina shikastlangan. Xayriyatki, hech kim jarohat olmagan. Bundan tashqari Shayx Ridvon hududida emlash klinikasi yaqinida kamida uch nafar go‘dak yaralangan.
Mulozim fikricha, shu uch hujum oddiy aholiga qaratilgan harakatning ayanchli oqibati dalilidir. Isroil xalqaro gumanitar qonunlarni bir necha bor buzgan, bu esa mintaqadagi inqirozni yanada kuchaytirmoqda.
Rassell jamg‘arma xodimlariga qilingan hujumni zudlik bilan tekshirish, aybdorlarni javobgarlikka tortish, a’zo davlatlarni bolalar himoyasi va xalqaro huquqqa hurmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun o‘z ta’siridan foydalanishga chaqirdi.
O‘zA
- Qo'shildi: 05.11.2024
- Ko'rishlar: 553
- Chop etish