Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida BMT “Kelajak sammiti”da so‘zga chiqib, ishtirokchilarni Xavfsizlik Kengashini isloh qilish, doimiy va muvaqqat a’zolar safini kengaytirishga chaqirdi:
– Ko‘pchilik mamlakatlar Xavfsizlik Kengashi (XK)ning doimiy va muvaqqat a’zolari safini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlamoqda, – dedi u. – XK ishonchni tiklash zarurligini, xalqaro tinchlik va xavfsizlik yo‘lida muhim o‘rin tutishini chuqur anglaydi. Kelasi yil BMT tuzilganiga 80 yil to‘ladi. Kengashni isloh qilish uchun zarur qadamlarni hozirdanoq tashlash kerak. Shuningdek, dunyoda qashshoqlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, ta’lim, sog‘liqni saqlash va hayot sharoitini yaxshilash yo‘lida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash lozim. Yadrosiz dunyo yaratish uchun qadam tashlash vaqti kelgan.
Yorqin kelajak barpo qilish uchun dunyo yetakchilari birlashishi shart.
O‘zA
- Qo'shildi: 24.09.2024
- Ko'rishlar: 819
- Chop etish