Forbes: Shavkat Mirziyoyev - AQSH va Markaziy Osiyo hamkorligidagi yangi davrning arxitektori

Forbes: Shavkat Mirziyoyev - AQSH va Markaziy Osiyo hamkorligidagi yangi davrning arxitektori

Forbes AQSH prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusida O‘zbekiston prezidentining muhim rolini ta’kidladi.

Muallif Melik Kaylan Forbes jurnalida yaqinda chop etilganmaqolasida AQSH prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusini tahlil qilib, bu jarayonda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning roliga alohida e’tibor qaratdi.  

Kaylan Mirziyoyev mintaqada biznes, chegara va savdo ochilishini faollashtirib, Markaziy Osiyo mamlakatlarini integratsiyalash harakatlarida markaziy shaxsga aylanganini qayd etadi.  

O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sharq va g‘arb, shimol va janubni bog‘lovchi yirik transport markaziga aylanishga intilmoqda.  

Muallif 1974 yilda AQSHda qabul qilingan Jekson-Venik tuzatishi masalasiga ham to‘xtalib, uning bekor qilinishi AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini normallashtirishga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlaydi. 

Kun.uz

Powered by GSpeech