Fransiyada Marokash podshohini shantaj qilgan ikki jurnalist qamoq jazosiga hukm qilindi

Fransiyada Marokash podshohini shantaj qilgan ikki jurnalist qamoq jazosiga hukm qilindi

Parij sudi fransiyalik jurnalistlar Erik Loran va Katrin Graseni shartli ravishda bir yillik qamoq jazosiga va 10 ming yevro jarima to‘lashga hukm qildi. Ular 2015 yilda Marokash podshohi Muhammad VI ni shantaj qilishga uringanlikda ayblandi, deb yozmoqda Agence France Presse agentligi.

Jurnalistlar o‘z ayblarini tan olmagan. Sud hukmi e’lon qilingandan keyin Lorana va Grase advokatlari  apellyatsiyaga topshirish haqidagi qarorini e’lon qilgan. 

Jurnalistlar ushbu ayb bilan 2015 yil avgustda qo‘lga olingan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular Marokashning Fransiyadagi elchixonasiga podshoh Muhammad VI  haqida kitob yozmoqchi ekanini, bu ishda ularga yordam ko‘rsatishini so‘rab murojaat qilgan. Podshoh xonadoni vakillari bilan uchrashuv vaqtida ular kitob mojaroga sabab bo‘lishiga ishora qilib,  3 million yevro evaziga kitobni nashr qilmaslikka va’da berishgan.  

Marokash elchixonasi bu haqda Fransiya hukumatiga murojaat qilgandan keyin reportyorlar bilan Parijdagi kafelarning birida uchrashuv tashkil qilishga kelishilgan. Xabarda jurnalistlar uchrashuv paytida kelishilgan pulni olayotgan chog‘ida hibsga olingani aytilgan.  

O‘zA

Powered by GSpeech