Frankfurt-Maynda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik hamda O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston diplomatlari Frankfurt-Mayn shahar kengashi, oqsoqollar kengashi va saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda nazorat qilish komissiyasi prezidenti Xilime Arslaner bilan uchrashuvdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotganini qayd etgan holda ularni yanada chuqurlashtirish, keyingi yillarda sezilarli faollashgan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari Germaniya davlat va jamoat tuzilmalariga integratsiyalashuvi, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish doirasidagi hamkorlik va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 22.09.2022
- Ko'rishlar: 2559
- Chop etish