Turkmanistonda parlamentning yuqori palatasi tugatildi

Turkmanistonda parlamentning yuqori palatasi tugatildi

Turkmaniston Milliy kengash (parlament)ning shanba kungi yig‘ilishida ikki palatali qonun chiqaruvchi organ 2021 yildan buyon Turkmaniston parlamentining quyi palatasi bo‘lgan Majlisga aylantirildi. Yuqori palata – Xalq maslahati “xalq hokimiyatining oliy organi” etib qayta tashkil etildi. Davlat sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uning raisi bo‘lib qoldi.

“Turkmaniston Xalq maslahati tashkil etilishi va unga keng vakolatlar berilishi munosabati bilan Milliy kengashning Xalq maslahati tugatiladi. Mamlakatda qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi bir palatali parlament – Milliy majlisga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi”, deyiladi davlat agentligi saytida.  

Yig‘ilishda Gurbanguli Berdimuhamedovga Turkmaniston milliy yetakchisi maqomi berildi.

O‘zA

Powered by GSpeech