Aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlanmoqda.
Favqulodda hodisilar uchun volontyorlik guruhlari tashkil etilmoqda
Har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlari shakllantiriladi.
Yolgʻiz keksalar va nogironligi bor shaxslarga oylik moddiy yordam toʻlanadi.
Reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qoʻshimcha pul toʻlovlari oʻrniga yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida moddiy yordam toʻlanadi.
Ijro etuvchi hokimiyatning hududiy boʻlinmalari elektron hujjat aylanish tizimiga oʻtishadi
“Raqamli hukumat” tizimi doirasida ijro etuvchi hokimiyatning hududiy boʻlinmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar toʻliq elektron hujjat aylanish tizimiga oʻtkaziladi.
Poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida eksperiment amalga oshiriladi
Eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini autsorsing asosida jalb etiladi.
Daryo boʻylaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish uchun ruxsatnoma - faqat “E-auksion” platformasi orqali beriladi
Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi.
Daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi.
Daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olishni taqiqlash va togʻli yoki togʻoldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlarini tashkil etish taqiqlanadi.
Ijro hujjatlari – onlayn tarzda beriladi
Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlari elektron shaklda beriladi.
Shuningdek, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanmoqda (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmi).
17 turdagi xulosalarni berish – davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi
Xulosalarni berish davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali amalga oshiriladi. Xulosalar qatorida quyidagilar bor:
- magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini
qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlashda sanoat xavfsizligi
talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida; - bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga
muvofiqligi toʻgʻrisida; - dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish boʻyicha va boshqalar.
Fermerlarga JSHDSni qaytarish boʻyicha eksperiment yakunlanmoqda
2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida paxta va (yoki) gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHDSni qaytarib berish tartibi joriy etilgan.
Auksion orqali sanitariya-gigiyena shoxobchalarini oʻrnatish huquqiga ega boʻlish mumkin
Tadbirkorlik subyektlariga jamoat joylari, ijtimoiy obyektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish huquqi beriladi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati