Rahbariyat

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori

Saidov Akmal Xolmatovich

  • Har oyning oxirgi seshanbasi: 09:00 dan - 11:00 gacha

Akmal Xolmatovich Saidov – 1958 yilda Toshkent viloyatining Zangiota qishlog'ida tug'ilgan. Millati – o'zbek. Ma'lumoti – oliy. 1981 yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakul`tetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1981-1984 yillarda sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti aspiranturasida o'qib, 1984 yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1990 yilda – yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini, 1993 yilda xalqaro va qiyosiy huquq professori ilmiy unvonini olgan. 2017 yildan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi. 

1985-1992 yillarda Falsafa va huquq institutining katta ilmiy xodimi, sektor mudiri va direktori, 1986-1987 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining Falsafa, iqtisod va yuridik fanlar bo'limi ilmiy kotibi, 1989-1991 yillarda O'zbekiston Yoshlar tashkilotlari qo'mitasi raisi, 1992-1993 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jahon muammolari instituti direktori, 1993-1994 yillarda Toshkent Davlat yuridik instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

A.X.Saidov 1994-1996 yillarda O'zbekiston Respublikasining Frantsiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi, shuningdek, O'zbekistonning YUNESKO huzuridagi Doimiy vakili sifatida faoliyat ko'rsatgan. Favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 1996 yil oktyabr oyidan buyon Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori lavozimida ishlamoqda.

A.X.Saidovning Parlamentarizm sohasida qariyb 30 yillik amaliy tajribasi bor. Istiqlolning o'tgan davrida 5 marotaba milliy parlament deputatligiga saylangan. 1999 yildan beri parlamentning Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi raisi hisoblanadi. Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondining mablag'larini boshqarish bo'yicha parlament komissiyasining raisi hamdir.

A.X.Saidov 2019 yil 17 oktyabrda Belgrad shahrida (Serbiya) bo'lib o'tgan Parlamentlararo ittifoqning 141-Assambleyasida mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bor 2020-2023 yillar oralig'idagi muddatga ushbu tashkilot Ijroiya qo'mitasining a'zosi etib saylandi.

IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2017 yil 10-11 iyul kunlari Kot d’Ivuarda bo'lib o'tgan 44-sessiyasida IHTning Inson huquqlari bo'yicha mustaqil doimiy komissiyasi tarkibiga Osiyo qit'asidan O'zbekiston vakili sifatida a'zo bo'lgan. Bir yildan so'ng IHT Komissiyasining raisi etib saylangan.

“O'zbekiston – Bel`giya” deputatlar guruhi raisi, O'zbekiston-Frantsiya parlamentlari do'stlik guruhi rahbari hamda “O'zbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlamentlararo hamkorlik bo'yicha qo'mita a'zosi hisoblanadi.

A.X.Saidov Konstitutsiyaviy huquq xalqaro assotsiatsiyasining haqiqiy a'zosi, Xalqaro qiyosiy huquq akademiyasining muxbir-a'zosi, Frantsiya Qiyosiy qonunshunoslik jamiyatining xorijiy a'zosi, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi yuristlari xalqaro assotsiatsiyasi va Rossiya xalqaro huquq assotsiatsiyasi a'zosi, Parij-1 Sorbonna Universitetining taklif etilgan professoridir.

Qiyosiy huquqshunoslik, xalqaro huquq, konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari, davlat va huquq nazariyasi va tarixi bo'yicha 30 ta darslik hamda o'quv qo'llanmalari, 300 dan ortiq risola va ilmiy maqolalar muallifidir. Asarlari AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Pol`sha, Bel`giya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlarda chop etilgan. U 100 dan ortiq xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashgan.

1998 yilda “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni, 2002 yilda – “Mehnat shuhrati”, 2006 yilda – “Do'stlik” va 2017 yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Oilali. Ikki nafar farzandi bor.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq  Markazni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.

Markaz direktori yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga:

Markaz vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;

inson huquqlari masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan hamkorlik qilish;

inson huquqlari masalalari bo'yicha Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlis qo'mita va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar hay'atlari, Oliy sud Plenumi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, O'zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi, ilmiy va ta'lim muassasalarining ilmiy kengashlari yig'ilishlarida ishtirok etish;

inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta'minlash va himoya qilish muammolari bo'yicha davlat organlari, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari o'tkazadigan yig'ilishlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish;

jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga moneliksiz kirish;

inson huquqlari sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek, Markaz vakolatlariga taalluqli masalalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

davlat organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalari, ilmiy va ta'lim muassasalari hamda boshqa tuzilmalarda inson huquqlarini ta'minlash bo'yicha faoliyat amaliyotini joylarda bevosita o'rganish;

inson huquqlarining buzilishi aniqlangan holatlarda vakolatli davlat organlari tomonidan inson huquqlari buzilganligi haqidagi ma'lumotlar tekshiruvini uyushtirish;

inson huquqlari masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va takomillashtirish monitoringini amalga oshirish, ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish shakllari bo'yicha tavsiyalar taqdim etish;

manfaatdor tashkilotlarga inson huquqlariga rioya etilishini, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari tiklanishini ta'minlash bo'yicha tavsiya berish;

Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo'yicha xalqaro maydonda O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish;

Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo'yicha «davra suhbatlari», konferentsiya va seminarlar tashkil qilish va o'tkazish;

xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning inson huquqlari bo'yicha milliy institutlari bilan inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etish bilan bog'liq masalalar bo'yicha hamkorlikni amalga oshirish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega.

Direktorning birinchi o'rinbosari

Tillabaev Mirzatillo Alisherovich

  • Haftaning chorshanba kunlari: 10:00 dan - 12:00 gacha

Tillabaev Mirzatillo Alisherovich - 1976 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug'ilgan.

1997 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakultetini tamomlagan.

2005 yilda yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini, 2014 yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.

2019 yilda yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.

O'tgan davr mobaynida M.Tillabaev O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakil (Ombudsman) Kotibiyatining mas'ul xodimi, Inson huquqlari bo'yicha milliy markazi bo'lim boshlig'i, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida rahbar lavozimlarida ishlab kelgan.

Shuningdek, muntazam ravishda Yuristlar malakasini oshirish markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida pedagogik faoliyati bilan shug'ullanib kelgan.

Inson huquqlari, xalqaro huquq, konstitutsiyaviy huquq sohalarida 150 ortiq ilmiy ish chop etilgan, shulardan, 2 ta monografiya, darsliklar va o'quv ko'llanmalar.

Oilali, ikki nafar farzandning otasi.

Markaz direktorining birinchi o'rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

Inson huquqlari sohasidagi tahlil va tadqiqotlar bo'limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish bo'limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Inson huquqlari sohasidagi ta'lim va ma'rifat bo'limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Hisob-kitob bo'limi faoliyatiga rahbarliq qilish;

kadrlar bilan ishlash faoliyatiga rahbarlik qilish;

yuridik xizmat faoliyatiga rahbarlik qilish;

“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati faoliyatini muvofiqlashtirish;

Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Direktor o'rinbosari

Muratova Dilnoza Karimbaevna

  • Haftaning juma kunlari: 10:00 dan - 12:00 gacha

Dilnoza Muratova Karimbaevna-1979 yilda Toshkent shaxrida tug'ilgan.

2000 yilda Toshkent davlat yuridik instituti  (bakalavriat) hamda 2005 yilda esa  Toshkent davlat yuridik institut (magistratura) yo'nalishini tamomlagan.

2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

O'tgan davr mobaynida D.Muratova O'zbekiston Fanlar Akademiyasi kimyo va fizika Polimerlar institutida kichik ilmiy xodimi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati katta referenti lavozimida bo'lib faoliyat yuritgan.     

2015–2018 yillar davomida o'z mexnat faoliyatini Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining   xalqaro xamkorlik bo'limi mudiri bo'lib faoliyat yuritgan.

2019 yildan boshlab D.Muratova Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori muovini lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Inson huquqlari, xalqaro  huquqi, konstitutsiyaviy huquq, demokratiya va mintaqaviy masalalar bo'yicha 20 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Markaz direktori o'rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

Inson huquqlari bo'yicha xalqaro hamkorlik bo'limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Tahririyat-nashriyot bo'limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Umumiy bo'lim faoliyatiga rahbarlik qilish, “Ijro.gov.uz” elektron tizimi va arxiv ishlari ustidan nazorat qilish;

Markazda gender tengligi masalalari bo'yicha ish faoliyatini tashkillashtirish va rahbarlik qilish.

Powered by GSpeech