Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça «YÖL XARITASI»ning 2026-yil 10 oylik holati ijrosi yuzasidan MA’LUMOT

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarning 2026-yil 10 oylik holati böyiça amalga oşirilişi yuzasidan monitoring natijalariga köra quyidagilar ma’lum qilinadi:

Inson huquqlari böyiça Milliy strategiyani amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”ning 78 bandidan 69 bandi (88 %) töliq bajarildi, 2 band (3 %) nazoratdan yeçildi, 7 bandni (9 %) amalga oşiriş böyiça işlar davom etmoqda.

2026-yilning 10 oyi davomida Milliy strategiya doirasida 5 ta qonun, 9 ta Prezident farmon va qarorlari hamda 5 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.

Ular orasida mahkumlar uçun masofali video-uçraşuvlar ötkaziş, bola huquqlarining kafolatlarini kuçaytiriş va bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qilişga oid qonunlar, şuningdek ayollar va bolalar huquqlari himoyasini kuçaytiriş, odam savdosidan jabrlangan şaxslarni jamiyatga integratsiya qiliş hamda ruhiy holati buzilgan nogironligi bölgan şaxslarga ijtimoiy xizmat körsatişga oid Prezident farmonlari alohida ahamiyatga ega.

Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni bilan qabul qilingan Davlat dasturida sud-huquq sohasida qator yangi institutlar nazarda tutildi. Jumladan, jinoyat işlarini “xalq vakillari hay’ati” (jyuri) iştirokida körib çiqiş amaliyoti yölga qöyiladi, “Xabeas korpus” instituti doirasida tergov sudyalariga ehtiyot çoralarini özgartiriş va bekor qiliş vakolati beriladi, jinoyat işini sudga yuborişda ayblov xulosasi bilan birga “himoya fikri”ni taqdim etiş tartibi joriy etiladi. Natijada 7 ming nafardan ziyod advokat kengaytirilgan protsessual vakolatlarga ega böladi.

2026-yil 14-avgustda Prezidentning PF-160-son ““Odil sudlov – 2030”: Yangi Özbekistonda inson huquqlarini işonçli himoya qiluvçi xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş strategiyasi töğrisida”gi farmoni imzolandi.

Bundan taşqari, “Özbekiston — 2030” strategiyasini amalga oşiriş doirasida Milliy markaz tomonidan manfaatdor davlat organlari, ombudsmanlar va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillaridan iborat işçi guruh bilan hamkorlikda Prezidentning ““Inson huquqlari — 2030” strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmoni loyihasi işlab çiqildi. Loyiha jamoatçilik muhokamasidan ötkazilib, belgilangan tartibda kelişildi va 2026-yil 7-sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Strategiyada törtta ustuvor yönaliş hamda ilk bor aniq ölçanadigan körsatkiçlar belgilangan bölib, 2030-yilga qadar BMT şartnomaviy qömitalari va Universal davriy hisobot tavsiyalarining bajariliş uluşini 70 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

“Yöl xaritasi”ning 4-bandi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi “Özbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş doirasida davlat organlari xodimlari uçun inson huquqlari, gender tenglik va qiynoqqa qarşi kuraşiş böyiça öquv kurslari taşkil etildi.

Jumladan, Milliy markaz, Boş prokuratura va Içki işlar vazirligi hamkorligida Toşkent şahri, Toşkent, Xorazm va Buxoro viloyatlarida “Qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida maxsus öquv kurslari ötkazilib, ularda sud, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va jazoni ijro etiş muassasalarining 268 nafar xodimi iştirok etdi.

2026-yil 15-iyun – 31-iyul kunlari respublikaning barça hududlarida içki işlar organlarining profilaktika inspektorlari uçun “Inson huquqlari: xalqaro standartlar va milliy qonunçilik” mavzusida seminar-treninglar taşkil etildi. Ularda 14 ta hududdan 5255 nafar inspektor iştirok etib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötganlarga Milliy markazning sertifikatlari, yuqori natija körsatgan 221 nafariga esa Faxriy yorliqlar topşirildi.

YEXHTning Özbekistondagi loyihalari muvofiqlaştiruvçisi va hamkor idoralar bilan birgalikda quyidagi treninglar ötkazildi:

– 21–22-aprel kunlari Termiz va 24–25-aprel kunlari Farğona şaharlarida “Istanbul protokoliga muvofiq qiynoq va şafqatsiz muomalani sud-tibbiy hujjatlaştiriş” mavzusida (45 nafar tibbiyot mutaxassisi va sud-tibbiy ekspert);

– 22–24-iyun kunlari Buyuk Britaniyaning Metropolitan politsiyasi kömagida “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar va qamoqda saqlaş joylarini boşqarişning ilğor amaliyoti” mavzusida (tergov hibsxonalarining 30 nafar xodimi);

– 2–3-iyul kunlari Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi bilan hamkorlikda davlat organlari, huquqni muhofaza qiliş va sud tizimlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning yetakçilik könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan trening.

Şuningdek, 28-avgust kuni Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “muqobil” ma’ruzalarni tayyorlaş va Orxus konvensiyasi tamoyillariga bağişlangan öquv-seminar (30 nafar NNT vakili), 23-oktyabr kuni esa Oliy Majlis Senati, Bolalar ombudsmani, Yevropa Kengaşi va YUNISEF bilan hamkorlikda Lansarote konvensiyasiga bağişlangan seminar ötkazildi.

Özbekistonda Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beşinçi bosqiçini amalga oşiriş töğrisidagi axborot BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi 62-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. 2026-yil oktyabr oyida «Bolalar va yoşlar uçun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim özgarişi va raqamli inklyuziya» yönalişida milliy innovatsion taşabbuslar tanlovi e’lon qilindi.

“Yöl xaritasi”ning 6-bandi doirasida Milliy markazning «Inson huquqlari uyi» huquqiy ma’rifat va xalqaro hamkorlik uçun muhim platforma vazifasini bajarmoqda.

2026-yilda «Inson huquqlari uyi»da 22 ta tadbir, jumladan 4 ta kitob taqdimoti, 9 ta öquv maşğuloti, 9 ta davra suhbati, memorandum imzolaş marosimi va xorijiy delegatsiyalar bilan uçraşuvlar ötkazildi. Hududiy axborot-kutubxona markazlari va davlat organlariga 271 nomdagi 1115 nusxa adabiyot beğaraz taqdim etildi.

Hisobot davrida Milliy markaz tomonidan “2025-yilda Özbekiston Respublikasida inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlarga rioya qilinişining holati töğrisida axborot” (özbek va ingliz tillarida), “Intellektual mulk sohasidagi xalqaro şartnomalar töplami”, «Inson huquqlari böyiça xalqaro standartlar va mexanizmlar» öquv-uslubiy majmuasi, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari hamda “Demokratlaştiriş va inson huquqlari” jurnalining Inson huquqlari töğrisidagi xalqaro paktlarning 60-yilligi va Milliy markazning 30-yilligiga bağişlangan maxsus sonlari çop etildi.

5. “Yöl xaritasi”ning 20-bandi ijrosini ta’minlaş doirasida 2026-yil 3-avgustda Prezidentning “Odam savdosidan jabrlangan şaxslarni aniqlaş va ularni jamiyatga integratsiya qiliş tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-146-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, «Inson» markazlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ixtisoslaşgan muassasalar hamda nodavlat notijorat taşkilotlariga jabrlanganlarni dastlabki identifikatsiya qiliş vakolati berildi. Dastlabki identifikatsiya natijasida şaxsga 1 oygaça, yakuniy identifikatsiya natijasida esa 1-yilgaça muddatga tegişli maqom beriladi, hududiy komissiyalar tomonidan yakuniy identifikatsiya muddati 10 sutka etib belgilandi.

2026-yil 1-sentyabrdan Agentlikning «1146» işonç telefoni hamda Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida işonç telefonlari faoliyati yölga qöyildi. Jabrlanganlar maqomiga qarab 1 oydan 6 oygaça reabilitatsiya markazlari xizmatlaridan foydalanadi, ularning yöl xarajatlari «Saxovat va kömak» jamğarmasi hisobidan qoplanadi.

6. “Yöl xaritasi”ning 24-bandi ijrosini ta’minlaş doirasida Oliy Majlis palatalari a’zolarining BMT inson huquqlari mexanizmlari faoliyatidagi iştiroki kengaytirildi.

2026-yil 11-iyun kuni Milliy markazda BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi, Parlamentlararo Ittifoq va Xalqaro huquqşunoslar komissiyasi hamkorligida «BMTning inson huquqlari mexanizmlarida parlament iştirokini kengaytiriş: individual murojaatlar taqdim etiş tartib-taomillarini öz içiga olgan fakultativ protokollarni ratifikatsiya qiliş» mavzusida Qonunçilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari uçun seminar ötkazildi.

Senat a’zolari Xotin-qizlar maqomi böyiça komissiyaning 70-sessiyasida (CSW70, Nyu-York, 11-mart) hamda Özbekistonning davriy ma’ruzasi körib çiqilgan BMT Irqiy kamsitişni tugatiş qömitasining 117-sessiyasida (Jeneva, 21–22-aprel) Özbekiston delegatsiyasi tarkibida iştirok etdi.

Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan ilgari surilgan “Ijtimoiy rivojlanişni jadallaştirişda parlamentlarning rolini kuçaytiriş töğrisida”gi rezolyutsiya 2026-yil 24-iyulda BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilindi, unga 61 davlat hammuallif böldi. 4–6-sentyabr kunlari Samarqandda Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yoş parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bölib ötdi, unda 60 ga yaqin mamlakatdan 250 ga yaqin iştirokçi qatnaşdi.

“Yöl xaritasi”ning 44-bandi doirasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş va gender tenglikni ta’minlaş böyiça islohotlar davom ettirildi.

2026-yil 3-martda Prezidentning «Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida»gi PF-33-son Farmoni qabul qilindi. Farmon erta nikoh holatlarining oldini oliş hamda ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlikni keskin qisqartirişga qaratilgan. Xususan:

– voyaga yetmaganlar bilan nikoh tuzişni tarğib qilganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilanişi, 1-sentyabrdan esa bunday huquqbuzarliklar uçun undirilgan jarimaning 15 foizi xabar bergan şaxslarni rağbatlantirişga yönaltirilişi;

– 2027-yildan kamida 21 yoşda birinçi marotaba nikoh tuzgan yoş oilalarga moliyaviy kömaklar 1,5 baravar oşirilgan miqdorda berilişi;

– 2026/2027 öquv yilidan homilador yoki 3 yoşgaça farzand tarbiyalayotgan talaba-qizlarga oliy ta’limda «ikkinçi imkoniyat» yaratilişi;

– 1-apreldan himoya orderi berilgan ayollarning telefonlariga «SOS» çaqiruv imkonini beruvçi «my.ihma.uz» mobil ilovasi örnatilişi;

– 2027-yil 1-yanvardan ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlik jinoyatlari maxsus tayyorgarlikdan ötgan tergovçi va sudyalar tomonidan körib çiqilişi belgilandi.

Şuningdek, 2026-yil 21-sentyabrda Prezidentning “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga köra, taşkilotlarda tegişli dastur bosqiçma-bosqiç joriy etiladi va 2026-yil 1-dekabrgaça tazyiq va zöravonlik holatlari böyiça murojaat yuboriş imkonini beruvçi axborot portali işga tuşiriladi.

8. “Yöl xaritasi”ning 58-bandi – qiynoqlarning oldini oliş böyiça institutsional mexanizmlarni takomillaştiriş doirasida 2026-yil 15-yanvarda ÖRQ-1112-son Qonun qabul qilindi.

Qonunga köra, mahkumlar ilgari faqat telefon orqali sözlaşiş huquqiga ega bölgan bölsa, endi 15 daqiqa davom etadigan masofali video-uçraşuv ötkaziş imkoniyatiga ham ega böldi. Bu mahkumlarning taşqi dunyo bilan aloqasini kengaytirib, jazoni ijro etiş muassasalarida şaffoflikni oşiradi va BMTning Mahbuslar bilan muomala qiliş böyiça minimal standart qoidalari (Nelson Mandela qoidalari)ga muvofiq şafqatsiz muomala xavfini kamaytiradi. Şuningdek, mazkur mexanizm oilaviy aloqalarni saqlaş va mahkumlarning jamiyatga qayta integratsiya qilinişiga xizmat qiladi.

“Yöl xaritasi”ning 71-bandi doirasida Milliy markaz xalqaro taşkilotlar va institutlar bilan ikki va köp tomonlama hamkorlikni davom ettirdi.

Milliy markaz rahbariyati va xodimlari BMT Inson huquqlari qömitasining 145-sessiyasi va Irqiy kamsitişni tugatiş qömitasining 117-sessiyasi (Jeneva), Xotin-qizlar maqomi böyiça komissiyaning 70-sessiyasi (Nyu-York), MDH Inson huquqlari böyiça komissiyasi (Minsk) va Islom hamkorlik taşkiloti Inson huquqlari böyiça mustaqil doimiy komissiyasi yiğilişlarida, şuningdek Lissabon, Bok-u, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Pekin va Olmaotada ötkazilgan xalqaro anjumanlarda iştirok etdi.

14-may kuni Toşkentda «Xitoy – Markaziy Osiyo – 2026» inson huquqlarini rivojlantiriş forumi ötkazilib, Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantiriş jamğarmasi bilan özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. 24-iyul kuni Xalqaro Qizil Xoç Qömitasi bilan Xalqaro gumanitar huquqni ilgari suriş böyiça 2026–2027-yillarga möljallangan Harakatlar rejasi imzolandi.

28–29-sentyabr kunlari Toşkent va Samarqandda Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumi bölib ötdi. Unda 200 dan ortiq iştirokçi, jumladan 18 ta xalqaro va mintaqaviy taşkilot hamda 8 ta xorijiy davlatning milliy institutlari vakillari qatnaşdi. Forum yakunlari böyiça qabul qilingan «Samarqand nigohi – 2040» yakuniy hujjati BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasining rasmiy hujjati (A/81/444) sifatida BMTning oltita rasmiy tilida e’lon qilindi.

Şuningdek, Human Rights Watç, Xalqaro Qizil Xoç Qömitasi, BMT Qoçoqlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi, BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi va Tailand Inson huquqlari böyiça milliy komissiyasi vakillari bilan uçraşuvlar ötkazildi. Umuman, 2026-yilning ön oyida Milliy markaz xodimlari tomonidan AQŞ, Portugaliya, Şveysariya, Xitoy, Rossiya, Ozarbayjon, Qirğiziston va Qozoğistonga jami 11 ta amaliy taşrif amalga oşirildi hamda xorijiy diplomatik vakolatxonalar, xalqaro taşkilotlar va hamkor institutlar bilan 14 ta uçraşuv ötkazildi.