Korruptsiyaga qarshi kurash

Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan: korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) o‘z vakolatlarini korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda amalga oshiradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga oid qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentning qaror, farmon va farmoyishlari, Hukumat qarorlari hamda Davlat dasturlarida belgilangan qoidalarni o‘z faoliyati doirasida to‘liq aks ettiradi.

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga Qarshi Konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-1369505
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” Qonuni. https://lex.uz/docs/2381133
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-3088008
  4. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/5382974
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/3679092
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-4875784
  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-5495529
  8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/-5495533
  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-6066512
  10. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-6561894
  11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-6676585

Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston - 2030 strategiyasida ham asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. O‘zbekiston - 2030 strategiyasining IV-yo‘nalishi 89-bandida 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida «Transparency International» xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirishga erishish, davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish, 100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning «korrupsiyadan xoli qonunchilik» tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Powered by GSpeech