O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, 2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda:
shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish yo‘llari belgilab berilgan.
Qarorga muvofiq:
davlat organlari va tashkilotlarida o‘z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘linmalar belgilanadi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi;
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi;
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar tegishli davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Adliya vazirligi Dasturda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishini monitoring qilib boradi va ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
O‘zA
- Qo'shildi: 20.09.2024
- Ko'rishlar: 1123
- Chop etish