1895-yilning 7-may sanasida Aleksandr Popovning radiosignallarni hech qanday qo‘shimcha qurilmalar va simlarsiz uzata oladigan va qabul qila oladigan birinchi radiotizim kashfiyoti ushbu kunni aloqachilar kasb bayrami sifatida nishonlashga sabab bo‘lgan.
Ushbu sana ilk bor 1925-yilda, 1945-yildan e’tiboran esa har yili Aloqachilar kasb bayrami sifatida nishonlanadi.
AOKA jamoasi barcha AKT xodimlari, aloqachilar, radiotexnik mutaxassislar, radio va televideniye kanallari xodimlari, pochta, aloqa-server xizmatchilari, shuningdek, mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar haqida tezkor axborotlarni yetkazib berayotgan mas’ullarni kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi.
Xalkimizni uzog‘ini yaqin qilishdek mashaqqatli, mas’uliyatli hamda savobli ishlaringizda kuch –quvvat tilaymiz!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali
- Qo'shildi: 07.05.2024
- Ko'rishlar: 1467
- Chop etish