Yangi qaror
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsionla asoslari tobora takomillashtirilib borilmoqda. Shu bilan birga aholi va davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalarini oshirish tizimini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangi bosqichga olib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Bugungi kuning ana shu muhim talabidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan endilikda aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borishning keng qamrovli tizimi joriy etiladi.
Shu maqsadda 2025 yil 1 yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini (Virtual akademiya) joriy etish belgilandi.
Virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Shunga ko‘ra, Agentlik va Akademiyaga qaror doirasida bir qator muhim vazifalr yuklatildi. Jumladan, Agentlik o‘qitilishi lozim bo‘lgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantiradi va Akademiya bilan kelishgan holda yillik o‘qitish reja-графиgini tasdiqlaydi, o‘quv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib boradi. Har yili Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot kiritiladi.
Eng muhimi, Akademiyada har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. Jumladan, bog‘cha yoshidagi bolalardan tortib, maktab o‘quvchisi, talaba-yoshlar, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlari vakillari uchun ularning yoshi va rivojlanish darajasi, sohasidan kelib chiqib turli formatdagi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.
Barcha davlat xizmatchilari uchun esa mazkur Akademiya orqali korrupsiyaga qarshi bo‘yicha bilim va malakasini oshirib borish majburiy etib belgilandi.
Bu esa aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirishda, shubhasiz, katta ahamiyat kasb etadi.
Virtual akademiyada o‘qitish bazaviy курслардабарча uchun bepul, maxsus (chuqurlashtirilgan) курсларда esa to‘lov-shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Agentlik oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantiradi.
Barcha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini
har yili Agentlikka taqdim etadi. Akademiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy-amaliy ishlanmalar va ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar базасиni yuritadi.
Qaror asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining samarali faoliyatini ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Unga muvofiq, 2025-yil 1-yanvarga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi. 2024-yil 1-oktyabrga qadar Virtual akademiyada tashkil etiladigan maxsus dasturlar va kontent ishlab chiqiladi.
Akademiyada таълим oluvchilar uchun Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish choralari ko‘riladi.
Virtual akademiya faolyaitining yo‘lga qo‘yilishi jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish, shuningdek, aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish tizimi joriy etilishiga xizmat qiladi.
O‘zA
- Qo'shildi: 24.06.2024
- Ko'rishlar: 1422
- Chop etish