Avstraliya boy sarmoyadorlarga “oltin viza”ni bekor qildi

Chet ellik sarmoyadorlarga Avstraliyada yashash huquqini beruvchi “oltin viza” hukumat tomonidan iqtisodiy jihatdan salbiy natija keltirdi, deb topildi. Shu bois mazkur imtiyoz bekor qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Xorijiy biznesni jalb qilishga mo‘ljallangan “oltin viza” olish huquqiga ega bo‘lish uchun ariza beruvchi mamlakatga 3,3 million dollardan ziyod sarmoya kiritishi kerak.

Ko‘plab tahlillardan so‘ng “oltin viza” loyihasi asosiy maqsadiga erishmadi, degan xulosaga kelinib, mazkur hujjat bekor qilindi. Mamlakatda endi “malakali muhojirlar” viza olishiga kengroq imkon yaratiladi.

O‘zA

Powered by GSpeech