27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Media-forum doirasidagi yana bir panel sessiyada ushbu masala turli taqdimotli mavzularda muhokama qilindi.
Jumladan, Adliya vazirligi matbuot kotibi S.O‘rinboyeva hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari S.Zokirovalar axborot taqdim etish bilan bog‘liq huquqiy normalarni amaliyotda uchraydigan yangi keyslar misolida tushuntirib berishdi.
Xususan, axborot taqdim etish bilan bog‘liq amaliyotda uchrayotgan muammolar qatorida -
“Whistleblowing”, ya’ni sohaga oid turli
huquqbuzarliklar, tartibsizliklar haqida
xabar berish tizimi mavjud emasligi;
ichki kommunikatsiya, ya’ni rahbar va xodimlar
o‘rtasidagi “o‘ta kuchli” subordinatsiya mavjudligi;
”Sarafannoye radio” - “mish-mishlar” tizimidan samarali foydalanilmaslik (sohadagi yangilik va qulayliklarni avvalo do‘stlar, yaqinlar bilan bo‘lishish) va hokazolar sanab o‘tildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi J.Qalandarov hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari S.Hikmatullayevlar “Inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri kommunikatsiya kanallarini o‘rnatish” mavzusini “Hisorak” suv ombori, Qoraqalpog‘istondagi kortej, Samarqanddagi IIV xodimining fuqaroga qo‘l ko‘targanligi va boshqa vaziyatlar misolida batafsil tavsiflashdi.
Shuningdek, AOKA mas’ul xodimi I.Saxatov tezkor munosabatlarni tashkil qilishda idoralararo kommunikatsiya masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Har bir taqdimotlar Forum ishtirokchilari tomonidan qiziqish va savol-javoblar bilan qizg‘in bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali
- Qo'shildi: 21.06.2024
- Ko'rishlar: 1430
- Chop etish