My.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida boʻlgan talabgorlar foydalanishi mumkin.
Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga toʻlgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga toʻlanadi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.
Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:
- my.gov.uz da roʻyxatdan oʻtishi;
- tegishli xizmatni tanlashi;
- undagi soʻrovnomani toʻldirishi va yuborishi kerak.
Xizmatdan foydalanish bepul.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan oʻrganiladi.
Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.
Shundan soʻng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi.
Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati