Mamlakatda joriy qilingan qonunlarning qay darajada samarali ekanini xalqning hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlardan anglash mumkin.
Shu kunlarda O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi USAID loyihasi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan hamkorlikda xorijiy ekspert Tomas Roulings (AQSH) ishtirokida Sudyalar oliy maktabi professor-o‘qituvchilari va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning sudyalari uchun “Bola huquqlarini sudlarda himoya qilish mexanizmi”,“Xalqaro standartlar va tamoyillarni amalda qo‘llash”, “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning asosiy qoidalari, ularning amalda qo‘llanilishi” kabi mavzularda treninglar o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida bolalarning odil sudlovga erishishi va qonun bilan ziddiyatda bo‘lgan bolalar uchun alohida yondashishga qaratilgan xalqaro standartlar, BMT Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining to‘rtta asosiy prinsiplari (omon qolish va rivojlanish huquqi, kamsitmaslik, bolalarning manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash jarayonida ishtiroki) hamda Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi, ularning rivojlanish bosqichlarini tushunish, turli yoshdagi bolalar bilan do‘stona muloqotda bo‘lish kabi mavzular chuqur tahlil qilinib, amaliy jarayonlar bilan mustahkamlanmoqda.
Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA
- Qo'shildi: 12.12.2024
- Ko'rishlar: 459
- Chop etish