Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi – WAM yozishicha, BMT Iqlim o‘zgarishi doiraviy konvensiyasi tomonlari konferensiyasi 29-sessiyasi (COP29) da COP28 prezidenti Sulton Ahmad Al-Jobir hozir dunyo murakkab mojarolar davrini boshdan kechirayotganiga e’tibor qaratdi.
– BAA har doim qutblanish va bo‘linishni emas, sheriklik va muloqotni tanlaydi, – dedi u. – Masalan, qayta tiklanadigan energiya sohasida 500 gigavatt quvvat yaratdi. 55 kompaniya joriy yil chiqindisiz neft va gaz qazib chiqarishga o‘tish niyatida. Ijtimoiy sohada, ayniqsa iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda faqat birgalikda muvaffaqiyatga erishish mumkin. Buning uchun qog‘ozda emas, muammoning joyida yechim topishga ahamiyat berish lozim. Har qanday masalani hal etish birinchi navbatda moliyaga taqaladi. Shu bois barcha davlat va xususiy tashkilotlardan mablag‘ jalb qilishimiz kerak. COP28 ishga tushirgan jamg‘arma 6,5 milliard dollar mablag‘ to‘plab, rivojlanayotgan va tiklanayotgan mamlakatlarga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Shuningdek, zarar va yo‘qotishlar uchun 8,5 milliard dollar ajratildi.
Eslatib o‘tamiz, COP doirasidagi navbatdagi sessiya Braziliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zA
- Qo'shildi: 13.11.2024
- Ko'rishlar: 807
- Chop etish