“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, qarindoshi sudlangani va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAV faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bog‘liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 23.09.2024
- Ko'rishlar: 742
- Chop etish