G‘arb olimlari butun dunyoni yaqinlashib kelayotgan global tahdiddan ogohlantirmoqda. Zero, 2024 yil me’yoriy o‘rtacha harorat 1.5 daraja ko‘tarilishi butun dunyo uchun jiddiy sergaklik qo‘ng‘irog‘idir.
– Jamiyatda “Chiziq kesib o‘tildi va hech nima sodir bo‘lmadi”, qabilidagi odatiy kayfiyat hukmron bo‘lishi mumkin, – deydi Buyuk Britaniyadagi Ekseter universiteti sotsiologi, iqlim xavfini o‘rganuvchi olim Geyl Uaytmen.
Uning qo‘shimcha qilishicha, insoniyat xavfsizlik hududi hisoblangan chegaraga yaqinlashmoqda. Ekspert bu masala Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo‘lajak iqlim sammitida ko‘tarilishiga umid bildirdi.
Bir vaqtlar Yaponiyaning Nagoya universiteti olimlari Arktikaning qor va muzdan xoli hududlaridagi chang Shimoliy qutb iqlimini o‘zgartiradigan muhim omilligini aniqlagan edi.
Yangi tadqiqot ko‘rsatdiki, Arktika isishi bilan qor va muz eriyotgan hudud kengayib, chang chiqindisi ko‘payadi. Avvalroq olimlar Arktikada o‘rmon hosil bo‘lishi mintaqa muzi erishini tezlashtirishi mumkinligini aniqlagan edi.
Global haroratni mustaqil kuzatib boruvchi bir necha xalqaro tashkilot birgalikda e’lon qilgan ma’lumot o‘tgan yil Yerdagi harorat 1850-1900 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1.55 °C yuqoriligiga ishora qilmoqda.
Kutilmaganda 2024 yildagi raqam issiqlik rekordi o‘rnatilgan 2023 yilga nisbatan ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Iqlimshunoslar ikki yil davomida harorat keskin ko‘tarilishi yoki Yerning iqlim tizimidagi o‘zgarish ehtimolini tekshirmoqda.
200 ga yaqin davlat 2015 yil Parij iqlim kelishuvini imzolagan va global isishni sanoatgacha bo‘lgan darajadan 1.5°C gacha tushirishga rozi bo‘lgan. Afsuski, foto albom yonilg‘i va boshqa manbalardan chiqadigan uglerod chiqindisi shamol va quyosh energiyasi kabi toza energiya manbalari tez rivojlanishiga qaramay, o‘tgan yil rekord darajada ko‘tarilishda davom etdi.
– Alohida yillar 1.5 daraja chegarasidan oshib ketishi uzoq muddatli maqsadga erishishni qiyinlashtiradi, – deyilgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tayyorlagan bayonotda. – Demak, vaziyat biz bu yo‘lda yanada jiddiy kurashishimiz kerakligini anglatadi. Rahbarlar hozirdan harakatni kuchaytirishlari lozim.
Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA
- Qo'shildi: 21.01.2025
- Ko'rishlar: 55
- Chop etish