“Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” qo‘shma o‘quv-seminari doirasida tashkil etilgan media-treninglar inqirozli kommunikatsiya mavzusida davom etdi.
"Yangi media" ta’lim markazi asoschisi, Filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov ko‘rgazmali taqdimotida O‘zbekistonda asosan qanday holatlarda ziddiyatli vaziyat yuzaga kelish ehtimoli haqida ma’lumot berdi.
B.Alimov ma’ruzasida "Inqirozli vaziyatda axborot oqimini boshqarish", "Inqirozli vaziyatlarda jamoatchilik bilan aloqalar qanday bo‘lishi kerak", "Inqirozli vaziyatlarda asosiy PR-instrumentlar", "Antikrizis PR" yuzasidan to‘laqonli tushuntirishlar berdi.
Inqiroz o‘zi nima?
Kutilmaganda, to‘satdan yuz beradigan vaziyat
Darhol munosabat bildirish talab etiladigan hodisa
Bir me’yordagi kundalik hayotni muvozanatdan chiqaradigan holat
Imij, nufuzga xavf tug‘diradigan sabab
Xalq banki Axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova trening-ko‘rgazmasida inqirozli vaziyatlar oqibatlarini "davolash" vositasi – Spindoktoring to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi.
Spindoktoring – PR usullaridan biri. Ingliz tilidan tarjima qilinganda spin - “aylanish”, doctor - “davolash”. Spindoktor - voqea-hodisalarni “davolaydi”. Spindoktor axborot o‘sishi negativ tus olganda uni tuzatish, o‘zgacha talqin etish, voqea-hodisa jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilinishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Shu bilan birga, spindoktoring vositasi qanday inqirozli muammolarni hal qila olishi, jurnalistlar va spindoktorlar bog‘likligi hamda farqlari, o‘ziga xosligi va boshqa muhim masalalar bo‘yicha izohlar keltirdi.
Media-trening yakunida ishtirokchi mehmon ekspertlar, Axborot xizmatlari mutasaddilari O‘zbekistondagi inqirozli vaziyatlarda ko‘riladigan tezkor choralar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Qo‘shma-seminar ertaga ham davom etadi. Dasturga muvofiq, sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar platformalaridagi yangi imkoniyatlar borasida media-treninglar tashkil etiladi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 29.05.2024
- Ko'rishlar: 1671
- Chop etish