Ish haqim to‘g‘risidagi maʼlumotlar umuman yo‘q. Menga pensiya tayinlashda ish haqi qanday aniqlanadi, deya Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilgan fuqarolardan biri.
Jamg‘armaga ko‘ra, O‘zbekiston qonunchiligida mazkur masalada aniq yechim mavjud. Yaʼni fuqaroning ish haqi to‘g‘risidagi maʼlumotlari bo‘lmasa, unga pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib pensiya hisoblanadi. Shuningdek, o‘rtacha oylik ish haqi belgilangan miqdordan oz bo‘lsa ham pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib hisob–kitob qilinadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda respublikada pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 372 ming so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq 2025-yilning mart oyidan boshlab pensiyalar avtomatik tarzda, yaʼni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlana boshlashi xabar qilingandi. Bu jarayonda shaxsga doir maʼlumotlar vazirlik va idoralar elektron bazalaridan olinishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-yanvardan fuqarolar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya tayinlashni so‘rab onlayn murojaat qilish imkoni yaratilgan. Shu bilan birga, Pensiya jamg‘arilgan pensiya mablag‘larini Xalq bankining mobil ilovasi orqali olish yo‘lga qo‘yilgan.
Daryo.uz
- Qo'shildi: 13.05.2024
- Ko'rishlar: 1462
- Chop etish