Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda

Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularning jamiyatga moslashuvini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Ishchi guruh Farg‘ona viloyatidagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi va “Nurli maskan” ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati bilan tanishdi.  

Yaratilgan sharoitlar so‘nggi yillarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning amaliy natijasi ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari viloyatdagi bir qator oliy taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, nogironligi bo‘lgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Xususan, binolarning jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga mosligi, maxsus jihozlangan auditoriyalar, kutubxonalar, liftlar, panduslar va boshqa zarur infratuzilma mavjudligi tahlil qilindi.

Nogironligi bo‘lgan talabalar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Oliy taʼlim muassasalarida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati

Powered by GSpeech