Kinoteatrda film ovozini telefonga yozib, internetga tarqatgan fuqaro jarimaga tortildi

Hollivud filmlaridan ruxsatsiz foydalangan fuqaro jarimaga tortildi.

Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida fuqaro T.B. tomonidan “Vonka” va “Akvamen i poteryannoye tsarstvo” filmlarining ovozi ular kinoteatrda namoyish etilayotgan vaqtda uyali telefonga yozib olingani ma’lum bo‘ldi

Natijada huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan filmning ovozi va videotasviri birlashtirilib, internet orqali barchaning e’tiboriga yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro T.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sudga yuborildi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-1-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’iy nazar, huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Kun.uz

Powered by GSpeech