Mamlakat elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Polsha Iqlim va atrof-muhit vazirligi vakillari ishtirokida video-konferensiya tashkil etildi.
Onlayn uchrashuv davomida iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish va amaliy qadamlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
Polsha tomoni Orolbo‘yi hududida Iqlim texnologiyalari xalqaro Expo-Hub tashkil etish va Iqlim rezidensiyasining faoliyatiga Polsha sanoat hududlari ekologiyasi institutining mutaxassis va olimlarini jalb etish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, 2025 yil yanvar oyida navbatdagi muzokaralarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar ushbu shakldagi muntazam muloqotlar ikki davlat o‘rtasidagi ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etdilar.
Kun.uz
- Qo'shildi: 16.12.2024
- Ko'rishlar: 317
- Chop etish