Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Milliy muzeyini koʻzdan kechirdi.
Ushbu hashamatli muzeyda Chin mamlakatining 5000-yildan ortiq tarixidan soʻzlovchi 620 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi.
Birinchi xonim muzeydagi Xitoyning boy madaniyati haqida soʻzlovchi nodir ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.
Muzey bilan tanishuv iliq va samimiy ruhda oʻtdi.
O‘zA
- Qo'shildi: 25.01.2024
- Ko'rishlar: 2261
- Chop etish