Oʻzbekiston 2000-yilda ushbu roʻyxatga kiritilgan boʻlib, 24-yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”da qolmoqda edi.
Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini koʻrsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida eʼtibor qaratiladi.
Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat Oʻzbekiston va Turkmaniston “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”da qolib kelayotgan edi.
Mana bugun oxirgi besh yilda intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblarini soddalashtirish, ular boʻlgan huquqlarni samarali himoya qilish, xalqaro shartnomalarga aʼzo boʻlish va tashqi aloqalarni rivojlantirish hamda JSTning TRIPS bitimi talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yoʻnalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida shunday natijaga erishdik.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati