Ozarbayjon Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag‘ishlangan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobining taqdimoti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalar yuksak darajada ekanidan dalolat beradi. Bunday madaniy loyihalarni amalga oshirish hamkorligimizni yanada chuqurlashtirishga turtki bo‘layotgan omillardandir.
Prezident Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning samimiy do‘stona munosabatlari ham davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlayapti. Mustaqillik yillaridan izchil rivojlanib borayotgan munosabatlarimiz strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
Ozarbayjonda bo‘lgani kabi qardosh yurtda ham milliy madaniy merosimizni joriy etish va targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ikki tilga dublyaj qilingan filmlar ham mamlakat jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Umuman olganda, mamlakatlarimiz hayoti, madaniyati, urf-odati, jadidlarini targ‘ib qilish yo‘lida jiddiy ishlar amalga oshirildi va davom etmoqda.
Shuningdek, Ozarbayjon haqiqatlarini jahon hamjamiyatiga yetkazish borasida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar juda qimmatlidir. Bu tarixdan milliy birligimizni mustahkamlab, kelajak avlodlar uchun buyuk meros qoldiradi. Ozarbayjon shoirlari she’ri o‘zbek tiliga, o‘zbek shoirlari ijodi ozarbayjon tiliga tarjima qilingani yuksak ramziy ma’noga ega.
Ayni paytda Ozarbayjon va O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan o‘zaro madaniyat kunlari yil sayin kengayib borayotgan aloqalarimizni yanada mustahkamlamoqda. Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlangan kitobning nashr etilishi shundan dalolat beradi. Ozarbayjonda O‘zbekiston Prezidentiga bo‘lgan hurmat va ehtirom yuksak darajada. O‘zaro va samimiy do‘stlik, birodarlikning eng yorqin namunalaridan yana biri esa O‘zbekistonda Buyuk Yo‘lboshchi Haydar Aliyev xotirasiga bag‘ishlangan haykalning ochilishidir.
Ozarbayjonlar va o‘zbeklar mamlakatlarimiz adabiyoti, musiqasi, madaniyatini sevadilar. Madaniy aloqalarimiz rivojiga qo‘shilayotgan salmoqli hissalardan biri – har ikki mamlakat madaniyat, jamoat va siyosiy arboblari “Xalq artisti”, “Do‘stlik” ordenlari kabi unvoni bilan taqdirlanganidir.
Boku shahridagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasida tashkil etilgan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi taqdimoti, aynan ozarbayjonlik ijodkorlar – yozuvchi va shoir, “O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan” she’ri bilan tanilgan Akif Bag‘irov hamda adabiyotshunos olim Yashar Qosim tomonidan tayyorlangani ham bizni quvontiradi.
Elmir Saftarov, siyosiy sharhlovchi (Ozarbayjon).
O‘zA
- Qo'shildi: 23.12.2024
- Ko'rishlar: 92
- Chop etish