Parlament soʻrovi javobida keltirilishicha, fuqarolar takliflar asosida shakllangan “Tashabbusli byudjet” loyihasini yanada takomillashtirish, ilgʻor axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda aholining faol ishtirokini yanada kengaytirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Tashabbusli byudjet jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida ovoz berish bosqichini haqqoniy oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida joriy yil birinchi mavsumdan boshlab “Bir fuqaro-bir ovoz” tamoyili joriy etildi. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida “Ochiq byudjet” portalining “Android” va “IOS” tizimlarida ishlaydigan mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, ovoz berish imkoniyatini beruvchi “Telegram” botlar ishga tushirildi. Fuqarolarga gʻolib loyihalarni moliyalashtirish holatini real-vaqt koʻrinishda kuzatib borish imkoniyati (xronologiya boʻlimi) joriy etildi.
Bundan tashqari, keng jamoatchilik va deputatlarning takliflarini inobatga olib amaldagi tartibga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda:
—aholi soni kichik boʻlgan mahallalarning gʻolib boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda gʻolib boʻlib kelayotgan mahalla(tashkilot)larga tanaffus eʼlon qilish amaliyotini joriy etish;
— xodimlarni majburiy ovoz toʻplashga jalb etish holatlarini bartaraf etish boʻyicha maqsadida ovoz berish bosqichi muddatini 10 kunga kamaytirish, majburiy ovoz toʻplangan loyihalarni gʻolib loyihalar roʻyxatidan chetlatish amaliyotini joriy etish;
—xalq deputatlari hududiy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida tuman (shahar) byudjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratish hisobiga gʻolib boʻlmagan loyihalarni qoʻshimcha gʻolib sifatida eʼlon qilish amaliyotini joriy etish nazarda tutilmoqda. Ushbu hujjat loyihasi ishlab chiqilib koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan.
Majlisda qayd etilganidek, “Tashabbusli byudjet” loyihalarini shakllantirish, loyihani tanlash, tanlov gʻoliblarini aniqlashda inson omilini imkon qadar qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar qilinmoqda. Jumladan, jihozlash loyihalarini shakllantirishni tartibga solish maqsadida joriy yildan boshlab jihozlash bilan bogʻliq barcha loyihalar elektron reyestr asosida tegishli vazirliklar tomonidan taqdim etilgan va ruxsat etilgan tovar va jihozlar asosida shakllantirish tizimi joriy etildi.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»