Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2023 yil G‘azo sektorida 2 100 nafardan ko‘proq bola halok bo‘lganini tasdiqladi. Ushbu raqam Bosh kotib mojaro hududlaridagi bolalar ahvoli bo‘yicha tayyorlagan ma’ruzasida keltirilgan.
TASS agentligi yozishicha, hujjat o‘tgan yil 1 yanvardan 31 dekabrga qadar sodir bo‘lgan voqealarni qamrab olgan.
– Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2267 falastinlik norasida – 1259 o‘g‘il, 1008 qiz o‘ldirilganini tasdiqladi, – deyilgan hisobotda. – Ularning 2141 nafari G‘azo bolalari.
Ma’lumotga ko‘ra, Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda yana 126 falastinlik bola hayotdan ko‘z yumgan. Hujjat matnida BMT 206 go‘dak hayoti uchun Isroil mudofaa kuchlari javobgarligini ta’kidlagan.
Falastin – Isroil nizosi hali davom etyapti. Tashkilot 9 100 ga yaqin bolaning o‘limi haqidagi ma’lumotni tekshiryapti. Qayd etilishicha, bolalar aksariyat holatda aholi manzilida portlovchi qurol qo‘llanishi tufayli halok bo‘lgan.
O‘zA
- Qo'shildi: 12.06.2024
- Ko'rishlar: 1697
- Chop etish