Prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar yana iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishini e’lon qildi. Ekspertlar bu global sa’y-harakatlarga putur yetkazishi, Amerikaning xalqaro obro‘sini tushirishi va mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini yo‘qotishiga olib kelishidan ogohlantirdi, deb yozmoqda “China Daily” nashri.
Rasmiy chiqish kelishuv qoidalariga muvofiq bir yil ichida amalga oshiriladi.
– Dunyoning eng yirik iqtisodiyoti va kuchli ta’sir doirasiga ega davlat sifatida AQSH global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda javobgardir, -deya ta’kidladi Pekinda joylashgan Jamoatchilik va atrof-muhit masalalari instituti direktori Ma Jun. – Qo‘shma Shtatlarning kelishuvdan yana chiqishi iqlim o‘zgarishi tufayli yomon ahvolga tushayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan adolatsizlikdir.
Musulmon Ziyo, O‘zA
- Qo'shildi: 22.01.2025
- Ko'rishlar: 130
- Chop etish