15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni
Yurtimizda aholining iste’molchi sifatidagi huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Bugun, 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni hisoblanadi.
Mamlakatimizda Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni 1996-yil 26-aprel – O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilingandan buyon keng nishonlab kelinmoqda.
Har yili «Consumer International» xalqaro tashkiloti «yil mavzusi»ni belgilaydi. Joriy yilgi Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni – «Iste’molchilar uchun adolatli va mas’uliyatli sun’iy intellekt» shiori ostida nishonlanishini e’lon qildi.
Bu huquq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan. Mazkur huquqiy hujjatlar zamon talabi va yangilanishlarni inobatga olgan holda takomillashtirib kelinmoqda. – Mamlakatimizda yuksak iste’mol madaniyatini shakllantirish, fuqarolarimizning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish bizning bosh maqsadimizdir. Aytish mumkinki, mamlakatimizda har bir iste’molchi huquqi qonun himoyasida, – deya fikr o‘z bildirdi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov.
Darhaqiqat, aholimizdan iste’molchi sifatida o‘z huquqini anglash, unga nisbatan hurmat bilan qarash talab etiladi.
A.RUSTAMOV, O‘zA
- Qo'shildi: 15.03.2024
- Ko'rishlar: 1964
- Chop etish