“Xalqaro minbar”ning bugungi mehmoni – “Arab News” bosh muharriri, Saudiya Arabistoni Jurnalistlar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Faysal Abbos.
– Sun’iy intellekt yoki Suniy idrok (SI) kelajakka ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylamang, uning domiga aynan hozir ilinganmiz. Bir necha misol keltiraman. Sog‘liqni saqlash sohasida muvaffaqiyat qozongan bir tajriba Saudiyada yaxshi natija berdi. Yurak xurujiga moyil odamlarni erta aniqlab, profilaktik davolash amalga oshirildi. Ya’ni, 1-darajali saratonga uchraganlar muolaja bilan sog‘lom turmush tarziga qaytarildi.
Sun’iy intellektdagi innovatsiya, deyarli, barcha sohalarda insoniyat kelajagini shakllantirmoqda. SI allaqachon ulkan hajmli ma’lumot, robototexnika, internet kabi yangi texnologiyalarning asosiy g‘ildiragiga aylanib, generativ SIning imkoniyati va mashhurligini yanada kengaytirdi.
2023 yil Amerikaning IBM (Xalqaro biznes mashinalari) kompanyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, korporativ korxonalarning 42 foizi faoliyatiga SI integratsiyalashgan, 40 foizida bu masala ko‘rib chiqilyapti. Bundan tashqari tashkilotlarning 38 foizi generativ SIni ish
jarayoniga tatbiq etgan va 42 foizi ayni ish bilan shug‘ullanmoqda.
Sun’iy intellekt evolyutsiyasi 1951 yildan beri uzoq yo‘lni bosib o‘tdi: kompyuter dasturining ilkrasmiy muvaffaqiyati Kristofer Streychi nomi bilan bog‘ltq. Uning shashka dasturi butun o‘yinni Manchester universitetidagi “Ferranti Mark I” kompyuterida yakunlangan. Chuqur ishlanma natijasi o‘laroq, 1997 yil sun’iy ong sayyoramizning o‘sha paytdagi eng kuchli shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster Garri Kasparovni, 2011 yil esa “O‘zimning o‘yinim” ishtirokchisini mag‘lub etdi.
Tabiiy tilni tushunadigan inson miyasi emulyatori jismoniy mavjudotga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
2018 yil chat-bot modeli ishlab chiqilishi tegishli matn, audio, tasvir va boshqa turdagi kontentni yaratish so‘rovini qayta ishlay oladigan SI generatorlari ko‘payishiga olib keldi.
SI, shuningdek, vaksina uchun RNK ketma-ketligi va inson nutqini simulyatsiya qilish uchun ham ishlatilgan. Bu model va algoritmga asoslangan mashinani o‘rganishga tayanadigan, tobora ko‘proq idrok etish, fikrlash va umumlashtirishga e’tibor qaratadigan texnologiyadir.
“SI kelajakka kanday ta’sir qiladi?” degan savolga quyidagi misollar javob bo‘lishi mumkin. Avvalo, biznesni avtomatlashtirish yaxshilanmoqda. Ayni payt tashkilotlarning 55 foizi SIni ma’lum darajada joriy qildi. Demak, yaqin kelajakda aksar korxonalar avtomatlashtirishni kuchaytiradi.
Chat-bot va raqamli yordamchilar paydo bo‘lishi bilan kompaniya mijoz bilan oddiy suhbat o‘tkazish yoki xodimning asosiy savollariga javob berish uchun sun’iy intellektga tayanishi mumkin.
SIning yirik hajmdagi ma’lumotni tahlil qilish va topilmani foydali vizual formatga aylantirish qobiliyati ham qaror qabul kilish jarayonini tezlashtiradi. Biznes rahbarlari ma’lumotni tahlil qilish uchun vaqt sarflashiga hojat qolmaydi.
Ishda muvaffaqiyatsizlikka uchrash mumkinmi? Albatta, ha! Biznesni avtomatlashtirish, tabiiyki, ish o‘rni keskin kamaytirilishi bilan bog‘liq
Xavotirni keltirib chiqaradi. Aslida, xodim vazifasining uchdan birini SI yordamida bajarish mumkinligi ayon bo‘lsa-da, SI ish joyida sezilarli yutuqqa erishgan bo‘lsa-da, SI turli soha va kasbga notekis ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, qo‘l mehnatini avtomatlashtirish xavfi mavjud, ammo mashinani o‘rgatadigan mutaxassis yoki axborot xavfsizligi bo‘yicha tahlilchiga talab oshyapti.
Malakali yoki ijodiy lavozimga ega ishchi almashtirilgandan ko‘ra, sun’iy intellekt yordamida to‘ldirilish ehtimoli ko‘proq. Xodim yangi vositani o‘zlatirish yoki mashina rolini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘lad. SI esa ham individual, ham kompaniya darajasida malaka oshirishga qaratilgan sa’y-harakatni kuchaytirishga tayyor.
Maxfiylikka oid masalada muammo bor: SI iste’molchining shaxsiy ma’lumotini to‘playdigan kompaniya bilan bog‘liq xavotirnipaydo qiladi.
Qonun jiddiy huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, ayni holat ma’lumot maxfiyligiga e’tibor berish va sun’iy intellekt kompaniyasini o‘quv ma’lumotini yig‘ishda shaffofroq, ehtiyotkorroq bo‘lishga majburlash kuchayib borayotganini aks ettiradi.
Kengroq miqyosda SI barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muammosiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Optimistlar sun’iy intellektni uglerod chiqindisini kamaytirish uchun profilaktik xizmat ko‘rsatish kabi amallarni bajarish orqali ta’minot zanjirini yanada mustahkamlash usuli, shu bilan birga iqlim o‘zgarishiga salmoqli hissa qo‘shuvchi vosita sifatida ko‘radi. SI modelini yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur energiya va resurslar uglerod chiqindisini 80 foiz oshirishi mumkin va bu texnologiyadagi barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan har qanday sa’y-harakatga halokatli zarba beradi. SI iqlim o‘zgarishiga yo‘naltirilgan texnologiyada qo‘llansa-da, modelni yaratish va o‘qitishga ketadigan xarajat tufayli jamiyat avvalgidan ham yomonroq ekologik vaziyatga tushishi ehtimoli bor.
“SI qaysi sohaga ko‘proq ta’sir qiladi” savoliga “Zamonaviy sun’iy intellekt ta’sir qilmaydigan yirik sanoat tarmog‘i, deyarli, yo‘q!”, deb javob bersa bo‘ladi.
Masalan, ishlab chiqarish ko‘p yildan buyon sun’iy ongdan foydalanyapti. 1960-70 yillarda paydo bo‘lgan sun’iy aqlga ega robot qo‘llar va boshqa ishlab chiqarish botlari tufayli sanoat SI imkoniyatiga yaxshi moslashdi. Ushbu sanoat robotlari, odatda, yig‘ish singari cheklangan vazifalarni bajarish uchun odamlar bilan birga ishladi. Bashoratli tahlil sensori esa uskuna uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Sog‘liqni saqlashdagi SI, sirtdan qaraganda, dargumondek tuyulishi mumkin. Binobarin, yaratilgan aql insonning sog‘liqni saqlash mutaxassisi bilan munosabatini allaqachon o‘zgartirmoqda. Ulkan hajmli ma’lumot tahlili kuchi bilan sun’iy intellekt bemorga tezroq va aniqroq tashhis qo‘yish, dori-darmon topishni tezlashtirish va optimallashtirish, hatto virtual hamshira yordamchisi yordamida bemorni kuzatishda yordam beradi.
Moliya sohasida ham SI yaxshigina o‘rnashib olgan. Bank, sug‘urtalovchi yoki boshqa moliya institutlari SIdan firibgarlikni aniqlash, tekshirish o‘tkazish, mijozning kredit olish ehtimolini baholash kabi qator ilovalar uchun foydalanmoqda. Treyder bir vaqtning o‘zida millionlab ma’lumot nuqtasini baholash uchun mashinadan foydalanib, xavfni tezda baholaydi, oqilona investitsiya qarorini qabul qiladi.
Ta’limdagi SI har qanday yoshdagi odamning o‘rganish usulini o‘zgartiryapti. Sun’iy intellektning mashinani o‘rganish, tabiiy tilni qayta ishlash va yuzni tanib olish imkoniyati darslikni raqamlashtirish, plagiatni aniqlash, qiynalayotgani yoki zerikayotganini bilish uchun o‘quvchining his-tuyg‘usini aniqlashda yordam beradi. Demak, kelajakda SI o‘quvchilarning individual ehtiyojiga moslashtiriladi.
Jurnalistika xam sun’iy intellektdan foydalanadi va foyda oladi. Bir misol: “Associated Press” ҳар yili minglab daromad hisobotini ishlab chiqadigan avtomatlashtirilgan tushunchadan foydalanadi. Chat-bot kabi generativ SI vositasi bozorga chiqqach, bu masalada ko‘plab savollar tug‘ildi.
Sun’iy intellekt mijozga xizmat ko‘rsatishda ham davom etmoqda.
Ko‘pchilik robot qo‘ng‘iroqdan qo‘rqadi, ammo mijozga xizmat ko‘rsatishda SI sanoatni mijozga ham, provayderga ham mazmunli tushunchaga ega ma’lumotga asoslangan vosita bilan ta’minlashi mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohasini quvvatlaydigan sun’iy intellekt vositasi chat-bot va virtual yordamchi ko‘rinishida keladi.
Transport – sun’iy intellekt tomonidan tubdan o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan sohalardan biri. O‘z-o‘zidan boshqariladigan avtomobilda sun’iy aqlli sayohatni rejalashtiruvchilar – A nuqtadan B nuqtaga yetib borishning bir nechta jihati va boshqalar SI ta’sirida bo‘ladi.
Endi SIning xavfiga kelamiz. Aksar sohalarni ijobiy tomonga o‘zgartirishiga qaramay, SI hamon tashvishga solayotgan kamchiliklarga ega. Bu xavotir sun’iy intellektning ba’zi ehtimoliy xatarlari bilan bog‘liq.
2023-2028 yillar mobaynida ishchilarning 44 foizi malaka sustlashishi muammosiga duch keladi. Vaziyat hammaga bir xil ta’sir etmaydi: ayollar ishda SIga erkaklarga qaraganda ko‘prok qaram bo‘ladi. Sun’iy intellektga ko‘nikish bo‘yicha erkak va ayol o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud. Ya’ni, ayollarda ishini yo‘qotish xavfi ko‘proq. Agar kompaniya o‘z ishchi kuchi malakasini oshirish chorasini ko‘rmasa, sun’iy idrok egasi ko‘payishi oqibatida ishsizlik darajasi oshishiga duch keladi.
M.Pirmatova tayyorladi.
O‘zA
- Qo'shildi: 03.06.2024
- Ko'rishlar: 1571
- Chop etish