Huquqiy aksiya Adliya vazirligi tomonidan 2024 yilning 20 yanvaridan 20 martiga qadar o‘tkaziladi.
Huquqiy aksiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam beriladi:
Tug‘ilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslar;
Yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar;
Tug‘ilganligi yoki yaqin qarindoshining o‘limi haqidagi tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo‘lgan shaxslar;
tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;
ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar.
Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:
qayd etilmagan tug‘ilganlik va o‘lim holatlari respublika miqyosida xatlovdan o‘tkaziladi;
fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylardagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;
sayyor qabullar tashkil etiladi.
Natijasiga ko‘ra, mazkur shaxslarning:
tug‘ilganligi qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi;
yaqin qarindoshlarining o‘limi qayd etilib, guvohnoma (ma’lumotnoma)lar beriladi;
tug‘ilish yoki o‘lim haqidagi faktlarni belgilash yuzasidan sudlarga arizalar kiritiladi va sud hujjati asosida tug‘ilish (o‘lim) qayd etib beriladi;
tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashiladi;
ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga vakolatli organlar bilan birgalikda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Rasmiy xabarlar Telegram kanali
- Qo'shildi: 22.01.2024
- Ko'rishlar: 2408
- Chop etish