Inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilishda parlamentlar roli

2021 yil 26 mart kuni Oliy Majlisning inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo'yicha Parlament komissiyasi hamda Buyuk Britaniyaning Global sheriklik boshqaruvi jamg'armasi nodavlat tashkiloti hamkorligida “Inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilishda parlamentlarning roli” mavzuida xalqaro onlayn forumi tashkil etildi.

Videokonferentsiya formatida o'tkazilgan xalqaro forumning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha Kengashining 46-sessiyasidagi nutqi mazmuni va mohiyati, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirish, mamlakatning xalqaro maydondagi obro'sini yanada mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha halqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi halqaro-huquqiy standartlar bilan uyg'unlashtirish, shuningdek, inson huquqlari hamda manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirishda milliy va xalqaro tajriba almashishdan iborat.

Forumda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov, Lordlar palatasining a'zosi, Global sheriklik boshqaruvi jamg'armasi nodavlat tashkiloti eksperti Baronessa Elison Satti, Buyuk Britaniyaning O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi rahbarining o'rinbosari janob Stiven Anderson va O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulotda va muxtor elchisi Said Rustamovlar ishtirok edi va qatnashchilarni samimiy qutladilar.

Forum davomida ishtirokchilar inson huqulari bo'yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilishda parlamentning o'rni muhim rol` egallashini ta'kidladi.

Shuningdek, Forumda Parlament komissiyasi a'zolasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institular, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi raisi Shuxrat Bafaev so'zga chiqib, Parlament komissiyasining asosiy vazifalari inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, inson huquqlari masalalariga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi”ning davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi holatini o'rganish va tanqidiy muhokama qilish kabilardan iborat ekanligini hamda komissiya tomonidan 2021 yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqicha axborot berdi.

Shuningdek, Parlament komissiyasi a'zosi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi raisi Malika Qodirxonova hamda Inson huquqlari bo'yicha xalqaro elchi va Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakil o'rinbosari Rita French, Buyuk Britaniyaning Inson huquqlari bo'yicha tenglik komissiyasining sobiq raisi Devid Isaak, Lordlar Palatasi a'zosi va Vestminsterdagi Inson huquqlari bo'yicha Qo'shma Qo'mita a'zosi Baronessa Massey o'zlarining ma'ruzalarida davlatlarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari va eng yaxshi amaliyotlari bo'yicha tajribalari haqida to'xtalib o'tdilar.

Shuningdek, Forumdagi ma'ruzalarda Parlament komissiyasi zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qilish uchun davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor shaxslarining inson huquqlari sohasidagi milliy harakat rejalarining O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hamda BMT tuzilmalarining tavsiyalarini bajarish bo'yicha axborotini eshitish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga takliflar kiritishga haqli ekanligi bildirildi. Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslariga inson huquqlari sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari bo'yicha parlament so'rovini, Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a'zosining so'rovini yuborish yuzasidan takliflar kiritishga, tegishli davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor shaxslariga inson huquqlari sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish yuzasidan tavsiyalar kiritishga haqli ekanligi ham aytib o'tildi.

Manba: parliament.gov.uz

Powered by GSpeech