Iqlim isishi El-Nino kabi tabiiy hodisalar emas, balki inson faoliyati va atmosferaga is gazi tarqalishi bilan bog‘liq. Sayyoramiz harorati har qanday ssenariy bo‘yicha ham asr oxirigacha ko‘tarilib boraveradi. Bunday xulosani rossiyalik meteorolog olim Roman Vilfand “RIA Novosti”ga intervyusida keltirgan.
– Iqlim isishi – is gazi havoda ko‘p to‘planib qolishi bilan bog‘liq uzluksiz davom etayotgan jarayon, – dedi Vilfand. – El-Nino yoki La-Ninya tabiiy omil, asosiy sabab esa antropogen ta’sirda. Masalan, is gazi havoga tarqalishi “ertagayoq” to‘xtatilgan taqdirda ham inson faoliyati tufayli havoda yig‘ilib qolgan is gazi ikki barobar kamayishi uchun 30 yil kerak. Aynan shu sababli voqealar rivoji har qanday ko‘rinishda davom etgan, insoniyat barcha chorani ko‘rgan taqdirda ham asr oxirigacha harorat baribir ko‘tarilib boraveradi. Bor umid sekin isishdan.
El-Nino hodisasi Tinch okeani ekvator qismida suv yuzasi harorati anomal darajada isishi bilan bog‘liq. Okean oqimidagi o‘zgarishning o‘ziga xosligi shundaki, La-Ninya payti atmosferadagi issiqlik keskin tarzda okenga singadi, El-Nino sharotida esa issiqlik okeandan atmosferaga tarqaladi.
O‘zA
- Qo'shildi: 04.07.2024
- Ko'rishlar: 1511
- Chop etish