Joriy yil 14-may kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 3-4-mart kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “BMT global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy hamkorligi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ilgari surilgan tashabbuslar doirasida tashkil etilmoqda.
Ushbu konferensiya mintaqadagi davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan birga, soha yuzasidan o‘zaro tajriba almashish imkonini beradi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi qo‘shma harakatlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 13.05.2024
- Ko'rishlar: 1417
- Chop etish