JSST: G'azoda sog'liqni saqlash muassasalariga uyushtirilgan hujumlar oqibatida 720 dan ortiq odam qurbon bo'lgan

O'tgan yilning 7-oktabridan buyon G'azo sektoridagi tibbiyot muassasalariga uyushtirilgan hujumlar tufayli 720 dan ortiq odam halok bo'lgan, 930 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

“JSST 7-oktabrdan beri G'azo sektorida sog'liqni saqlash tizimiga 464 ta hujumni qayd etdi, deyiladi hisobotda. Ushbu hujumlar oqibatida 727 kishi halok bo'ldi, 933 kishi yaralandi, 101 ta tibbiyot muassasasi va 113 ta tez yordam mashinasi zarar ko'rdi”. JSSTning aniqlik kiritishicha, hujumlarning 37 foizi G'azo shahrida, 23 foizi anklav shimolida va 28 foizi Xon-Yunisda amalga oshirilgan. “Sog'liqni saqlash nishonga aylanmasligi kerak, JSST xalqaro huquqni hurmat qilishga va tinch aholi va sog'liqni saqlashni faol himoya qilishga chaqiradi”, deb ta'kidladi tashkilot.

JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus X (oldingi Twitter) “intensiv harbiy harakatlar Rafahda qolib ketayotgan o'n minglab nochor odamlarga tibbiy xizmatlar ko'rsatishga jiddiy putur yetkazdi”, deb ta'kidladi. Xavfsizlikning yo'qligi va Rafah o'tish joyining [Misr bilan chegaradagi] yopiqligi “JSSTning G'azo sektoriga mahsulotlarni va xodimlarni yuborish imkoniyatiga putur yetkazadi”.

Bosh direktor o't ochishni to'xtatishga, barcha bemorlar va tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta'minlashga, barcha tinch aholini himoya qilishga va Rafah nazorat punktini ochishga chaqirdi, deb xabar beradi tass.ru.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech