EKOLOGIK MUAMMOLAR, O‘ZGARUVCHAN DUNYODA INSON HUQUQLARI

«Ekologiya» so‘zini ko‘p eshityapsizmi..? Har qayoqqa qarasangiz ayni mavzudagi xabarlarni eshitasiz yoki o‘qib qolasiz..Atrof muhit har kuning asosiy mavzusi bo‘lib qoldi.Qanday kunlarni boshdan o‘tkazdik,qanday kunlarni boshdan o‘tkazyapmiz o‘zi..? E’tibor bering ,kunlar ham isib ketyapti, odamlar orasida bunday havoga «anomal» yoki «magnitli bo‘ronlar»deb nom qo‘yishlari ham tabiiy xol bo‘lib qoldi . Bu borada yozishga har doim ham qalam tortmaydi, chunki bu masala har kunning asosiy muammosiga aylanib   qoldi. Joriy yil 13-iyunda Inson huquqlari bo‘yicha IV Samarqand forumi o‘z ishini boshladi. Bu galgi an’anaviy xalqaro anjuman «Ekologik muammolar: o‘zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi, barqaror yechimlar topish» mavzusiga bag‘ishlangan.

Forum sayyoramiz miqyosida uchta inqiroz – iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik yo‘qolishi va atrof-muhit ifloslanishi kuchaygan keskin ekologik vaziyatda bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari ekologiya va inson huquqlari bilan chambarchas bog‘liq ayni xavf-xatarlar hatto dunyo geosiyosiy arxitekturasiga ham ta’sir ko‘rsatayotganini hisobga olib, ekologik muammolarga faqat mintaqaviy darajada yondashish bilan cheklanmay, balki bu global tahdidlarning o‘ziga xos jihatlariga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish  istiqbollarini ham atroflicha muhokama qilindi. Bu jarayonlarni kuzatuvchi yosh huquqshunos sifatida aytish mumkinki, bu yurtimiz uchun ham qulay fikrlashuv,tajriba almashinuv vazifasini o‘taydi. Buni ko‘rib har bir yosh o‘z atrof muhitni saqlashga harakat qilmog‘i kerak.. O‘zgarishni avvalo o‘zimizdan boshlaylik..!

 

Saidakmal Mamasoliyev

TDYUU qoshidagi akademik litsey 2-bosqich o‘quvchisi,«Yuksalish» xarakati faol a’zosi

Powered by GSpeech