Majburiy mehnat – biror bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash hisoblanadi. Hech kim shaxsni ishdan bo‘shatib yuboraman, oyligingni kamaytiraman, lavozimingni tushiraman va hokazo tahdidlar bilan majburiy mehnatga jalb qilishga haqli emas.
Demak, xodimni zo‘rlash yoki qo‘rqitish, jazo qo‘llash, mehnat faoliyati va rag‘batlantirishni cheklash kabi usullar orqali bevosita mansab vazifasiga kirmaydigan har kanday ishga jalb qilish majburiy mehnat deb topiladi. Xodimlarni ularning ixtiyorisiz obodonlashtirish, mavsumiy qishloq ho‘jaligi va qurilish ishlariga, shuningdek, turli tadbirlarga jalb qilish kabilar ham majburiy mehnatning ko‘rinishlari deb baholanadi.
Xo‘sh, majburiy mehnat haqida nimalarni bilish lozim va unga qanday javobgarlik belgilangan? Savollarimizga Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bosh mutaxassisi Feruz Jo‘rayev batafsil ma’lumot beradi.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA
- Qo'shildi: 12.09.2024
- Ko'rishlar: 799
- Chop etish