Joriy yilning 27-iyun kuni Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Qiynoqlarning oldini olish va gender zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha ekspert D.Aytxojina bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qiynoqlarni oldini olish va gender zo‘ravonlikka qarshi kurash sohalarida milliy qonunchilikni yana-da takomillashtirish, tadqiqotlar o‘tkazish hamda mazkur yo‘nalishda tegishli tashkilot va idoralar bilan muzokaralar olib borish maslalari muhokama qilindi.
Gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning barcha yo‘nalishlarda huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ko‘plab davlatlar tomonidan o‘rganilib, qiziqish uyg‘otayotganligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI
- Qo'shildi: 27.06.2024
- Ko'rishlar: 1485
- Chop etish