Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge tibbiy niqob maymunchechak (Mpox) kasalligidan qutqara olmasligini aytdi.
Ma’lum qilinishicha, virus teriga teginish orqali, ayniqsa, jinsiy aloqa paytida yuqadi. Infeksiyalangan hayvondan ham kasallikni yuqtirish ehtimoli mavjud. Maymunchechak havo-tomchi yo‘li bilan ham tarqalishi mumkin. Virus bilan zararlangan buyumlar, masalan, sochiq yoki choyshablar ham sog‘lom insonga xavf tug‘diradi.
JSST vakili maymunchechak koronavirus kabi xavfli emasligini ta’kidlaydi. Bugungi kunda Yevropada har oy taxminan 100 ta yangi kasallanish holatlari kuzatilmoqda. Shunga qaramay Yevropa Ittifoqida maymunchechak tarqalish xavfining oldini olish yoki virusga qarshi emlashni boshlash uchun chegara nazoratini joriy etishni istisno etishgan.
Mutaxassislar aholining keng qatlamlari uchun kasallanish xavfini past deb baholamoqda. Ularning fikricha, hozirgi paytda virusning ta’siri uncha katta emas, biroq aholi orasida maymunchechak haqidagi xabardorlikni oshirish, tekshiruvlar o‘tkazish va bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarni kuzatib borish tavsiya etiladi.
Daryo.uz
- Qo'shildi: 21.08.2024
- Ko'rishlar: 948
- Chop etish